
Madridning «Atletiko Madrid» jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi chorak finali ilk uchrashuvi oldidan «Barselona» yarimhimoyachisi Lamin Yamalga qarshi maxsus strategiya tayyorladi.Sport.es xabariga ko'ra, «Atletiko» futbolchilariga 18 yoshli o'yinchini provokatsiya qilish orqali unga sariq kartochka oldirish vazifasi yuklatilgan. Agar Lamin Yamal ushbu o'yinda ogohlantirish olsa, bu uning joriy mavsumdagi beshinchi kartochkasi bo'ladi va u javob bahsida ishtirok eta olmaydi.«Atletiko»ning rejasi intensiv himoya, qanotda erta taktik follar va tajribali futbolchilar tomonidan psixologik bosimni o'z ichiga oladi.Chempionlar ligasi. Chorak final, 1-o'yin8 aprel 2026 yil, chorshanba«Barselona» — «Atletiko Madrid»Uchrashuv bugun, 8 aprel kuni 00:00 da «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi.Bu mavsumda jamoalar barcha musobaqalar doirasida o'zaro to'rt marta to'qnash kelgan bo'lib, ularning uchtasida «Barselona» g'alaba qozongan.
O'qildi: 133535 - Fikirlar: 0





330