
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi «Espanol»ga qarshi kechgan printsipial bahsdagi (4:1) muvaffaqiyat haqida fikr bildirdi. «Ko'k-anorranglilar» Ferran Torresning dubli, shuningdek, Lamin Yamal va Markus Reshfordning gollari evaziga qo'shnilari ustidan g'alaba qozonishdi.
«Derbi navbatdagi bor bizniki bo'ldi. Endi seshanba kungi «kambek»ka tayyorgarlik ko'ramiz — bor kuchimizni ishga solamiz, bunga shubha yo'q», — deb yozdi Gavi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
«Barselona» La Liga turnir jadvalida Madridning «Real» klubi bilan oradagi farqni 9 ochkogacha etkazdi. Mavsum yakuniga qadar atigi ettita tur qoldi.
Eslatib o'tamiz, 14 aprel kuni Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Barsa» va «Atletiko» o'rtasida javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda Xans-Diter Flik jamoasi o'z uyida imkoniyatni boy bergan edi (0:2).
O'qildi: 133563 - Fikirlar: 0





330