Kuman Laportaning hakamlik haqidagi shikoyatlariga munosabat bildirdi

«Barselona» sobiq murabbiyi Ronald Kuman klub prezidenti Joan Laportaning «Atletiko»ga qarshi o'yinlardagi hakamlik borasidagi fikrlariga munosabat bildirdi.
Kataloniya jamoasi Chempionlar ligasi chorak finalida ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:2, 2:1) mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.
Javob o'yinidan so'ng Laporta shunday degan edi: «Kecha bizga nisbatan qilingan ishlarni qabul qilib bo'lmaydi. Bu chidab bo'lmas holat, bu — sharmandalik».
«Menimcha, hakamlik haqida gapirganda «sharmandalik» so'zini ishlatish biroz mubolag'a. Laporta klub ichida turib shunday o'ylashini tushunaman. Lekin tashqaridan qaraganda, menga bunday tuyulmayapti», – dedi ayni damda Niderlandiya terma jamoasini boshqarayotgan Kuman.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (319/+0)
Yangiliklar (37482/+15)
UzFIFA Yangiliklari (16.04.2026)
Futbol TV Yangiliklari (16.04.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1862)
Eng ko'p o'qilgan
12-Aprel
15:40
15-Aprel
23:00
14-Aprel
23:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





407