
Lissabonning «Sporting» klubi markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu faoliyatini Evropaning top-klubida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga da'vogarlar safiga «Chelsi» ham qo'shildi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchini «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Barselona» va Madridning «Real» klublari ham kuzatib bormoqda.
O'yinchining shartnomasida 60 million evro miqdorida tovon puli belgilangan, biroq «Sporting» rahbariyati boshqa shartlarni ham muhokama qilishga tayyor. Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, Inasiuning bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda markaziy himoyachi «sherlar» safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va uchta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.





419