
"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshfordning "Barselona"ga qayta ijaraga berilishini, shuningdek, tovon puli sifatida belgilangan 30 million evrolik transfer narxini kamaytirishni rad etadi, chunki 28 yoshli vingerning haqiqiy bozor qiymati taxminan 40 million evroni tashkil qiladi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Biroq, manbaning ma'lumotiga ko'ra, "blaugrana" uchun Reshfordni sotib olish yo'lidagi asosiy to'siq uning maoshi bo'lib qolmoqda. "Qizil iblislar"ning kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasiga yo'llanma olish ehtimoli yuqoriligi sababli, hujumchining maoshi haftasiga 325 ming funtga (373 ming evro) yoki yiliga taxminan 20 million evrogacha ko'tariladi. Ushbu maosh miqdori futbolchining transfer narxi bilan qo'shilganda, uning "Barselona"da qolish imkoniyatlarini kamaytiradi.
Joriy mavsumda Reshford barcha turnirlarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 143534 - Fikirlar: 0





470