
“Bavariya” va “Manchester Yunayted” klubi sobiq futbolchisi, Jahon chempioni Bastian Shvaynshtayger zamonaviy futbolning eng iqtidorli ikki vakili — Lamin Yamal va Maykl Oliseni o'zaro solishtirdi. Germaniyalik afsonaning fikricha, Olise hozirda ancha yuqori saviyada o'yin ko'rsatmoqda.Shvaynshtayger OAV va futbol afsonalarining Lamin Yamalga bo'lgan haddan tashqari e'tiborini tanqid qildi:“Men qanday qilib kimdir Yamalni Olisedan yaxshiroq deyishi mumkinligini tushunmayman. Yamal Olisedan yaxshiroq bajaradigan birorta jihat yo'q. Hozir ‘Barselona’ bizga ‘yangi Messi’ obrazini majburlab singdirayotgandek taassurot uyg'onmoqda. Bu xuddi bolalar bog'chasiga o'xshaydi. Siz afsonalarning uni maqtayotganini ko'rasiz, lekin diqqat bilan qarasangiz, ular barchasi ‘Barsa ’tarafdori va shu g'oyani ilgari surishmoqda. Aslida esa Olise yaxshiroq o'yinchi”.Ma'lumot uchun, 24 yoshli Maykl Olise joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida jami 43 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 18 ta gol va 29 ta assist (jami 47 ta ochko) yozdirib qo'ygan. Shundan 4 ta gol va 7 ta assist aynan Chempionlar Ligasi bahslariga to'g'ri keladi.18 yoshli Lamin Yamal esa jami 44 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol va 18 ta golli uzatmaga (jami 41 ta ochko) mualliflik qilgan. Uning Chempionlar ligasidagi ko'rsatkichi 6 ta gol va 4 ta assistni tashkil qiladi. Transfermarkt portali Yamalni 200 million evroga, Oliseni esa 140 million evroga baholagan.
O'qildi: 132348 - Fikirlar: 0





444