
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni maqsad qilgan. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar joriy mavsum yakunida “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares hamda “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.“Atletiko” bilan 2030 yilgacha shartnomasi bo'lishiga qaramay, Alvares jamoasini almashtirish haqidagi savolni ochiq qoldirgan. Garchi unga “Arsenal” va “PSJ” kabi klublardan moliyaviy jihatdan jozibador takliflar bo'layotgan bo'lsa-da, argentinalik hujumchi Kataloniya klubi loyihasini hammasidan ustun qo'ymoqda.“Klubda baxtliman, biroq futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin”, deya ta'kidlagan Alvares o'z kelajagi haqida.Italiyalik himoyachi Alessandro Bastonining transferi esa yanada haqiqatga yaqinroq ko'rinmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochish vaqti kelganini anglab etgan va aynan Hansi Flik qo'l ostida to'p surish niyatida. Hozirda sport direktori Deku bosh murabbiyning yakuniy ruxsatini kutmoqda. Agar Flik rozi bo'lsa, futbolchi “Barselona”ga o'tishi mumkin.“Inter” o'z etakchisi uchun 70-80 million evro so'rayotgan bo'lsa-da, Bastoni klub rahbariyati bilan gaplashib, ushbu narxni pasaytirishga va “Barselona”ga o'tishni osonlashtirishga tayyorligini bildirgan.
O'qildi: 159512 - Fikirlar: 0





337