
«Barselona» rahbariyati orasida shu yozda Voytsex Shesnining o'rniga yangi darvozabon sotib olish zarurligi haqidagi ishonch ortib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» «Real Sosedad» posboni Aleks Remiro nomzodini ko'rib chiqishmoqda. Shuningdek, «Elche»ga ijaraga berilgan Inyaki Penyani qaytarish varianti ham istisno etilmaydi. Biroq, Penya borasida shubhalar mavjud, chunki uning bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan ziddiyati bor. 2025 yilning yanvarida Flik mashg'ulotlarga kechikkani uchun darvozabonni tarkibdan chetlashtirgan edi.
Bundan tashqari, jamoaning yoshlar tarkibidagi Diego Kochenni asosiy jamoaga jalb qilish varianti ham o'rganilmoqda. 20 yoshli posbon mana ikki mavsumdirki asosiy tarkib bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, «Barselona» jarohatidan tiklanayotgan Mark-Andre ter Shtegenni sotib yuborishga harakat qilib ko'radi.
O'qildi: 159532 - Fikirlar: 0





300