Xavi Rossiyada ishlamaydi

«Barselona» sobiq ustozi Xavi Ernandesning ishlari bilan shug'ullanuvchi AC Talent agentligi ispaniyalik mutaxassisning Rossiyada ishlashga tayyorligi haqidagi savolga javob berdi.
«Xavi RPLda ishlash variantlarini ko'rib chiqyaptimi? Yo'q, u Rossiyada ishlash variantlarini ko'rib chiqmayapti», — dedi agentlik vakili Sport24 nashri bilan suhbatda.
Xavi 2021 yilning noyabridan 2024 yilning yoziga qadar «Barselona»ni boshqargan edi. Uning qo'l ostida «ko'k-anorranglilar» Ispaniya chempioni bo'lishdi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritishdi. Kataloniya klubidan ketganidan so'ng Xavi hech qaerda ishlamadi.
Ma'lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis 2019 yildan 2021 yilgacha Qatarning «As-Sadd» jamoasini ham boshqargan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38251/+2)
UzFIFA Yangiliklari (21.06.2026)
Futbol TV Yangiliklari (21.06.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1868)
Eng ko'p o'qilgan
17-Iyun
00:50
14-Iyun
17:00
18-Iyun
15:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)
384