
«Barselona» Konferentsiyalar ligasining sensatsion jamoalaridan birining eng yaxshi futbolchilaridan birini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Ispaniyaning Diario SPORT nashri xabariga ko'ra, Kataloniya grandi vakillari «Rayo Valekano»ning o'ng qanot himoyachisi Andrey Ratsiuning o'sishini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Madridliklar futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Qayd etilishicha, «Barsa» sport rahbariyatiga qanotda faol o'ynay oladigan bunday profildagi futbolchi ma'qul kelmoqda.
Joriy mavsumda Andrey Ratsiu «Rayo Valekano» safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
O'qildi: 51118 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50909 - Fikirlar: 0





482