
Ispaniya klublari ketma-ket ikki yildan beri Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmayapti.
«Atletiko» yarim finalning javob uchrashuvida safarda «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o'yin – 1:1) va musobaqani tark etdi. Ikkinchi yarim finalda esa «PSJ» va «Bavariya» o'zaro to'qnash kelishmoqda (birinchi o'yin – 5:4).
Joriy mavsumda La Liga sharafini, shuningdek, «Barselona» (chorak finalda «Atletiko»ga mag'lub bo'ldi – 0:2, 2:1), «Real» (chorak finalda «Bavariya»dan engildi – 1:2, 3:4), «Atletik» (29-o'rin, pley-offga chiqa olmadi) va «Vilyarreal» (35-o'rin, pley-offga chiqa olmadi) klublari himoya qilgan edi.
Bunga qadar so'nggi 11 mavsum davomida Ispaniya klublari 7 marta finalda o'ynab, ularning barchasida g'alaba qozonishgandi: 6 bor «Real» va bir marta «Barselona» bosh sovringa ega chiqqan.
O'qildi: 60527 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51126 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50913 - Fikirlar: 0





349