
Nikolas Maduro qamoqda bo'lishiga qaramay, futbol yangiliklarini kuzatishda davom etmoqda.
Venesuela prezidenti 3 yanvar kuni AQSh maxsus kuchlari tomonidan qo'lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgan edi. U hozirda Bruklindagi dastlabki tergov hibsxonasida bo'lib, giyohvand moddalar va qurol-yarog' kontrabandasi ayblovlari bo'yicha sudni kutmoqda.
Janubiy Amerika davlati rahbarining o'g'li Nikolas Maduro Gerra intervyu berib, otasining qamoqdagi hayoti tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi. U, jumladan, katta Maduroga 14 aprel kuni «Barselona»ning Chempionlar ligasi chorak finalida «Atletiko»dan mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgani haqidagi xabarni etkazganini aytdi.
«La'nat bo'lsin, bu juda yomon xabar», — deya munosabat bildirgan ushbu ma'lumotga Nikolas Maduro.
O'qildi: 60529 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51127 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50913 - Fikirlar: 0





406