
«Barselona» shu yozda hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Diario SPORT nashrining xabariga ko'ra, Kataloniya klubi «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchi «ko'k-anorranglilar»ning hujumkor o'yin uslubiga mos keladigan nomzod sifatida ko'rilmoqda.
«Barselona» so'nggi bir necha hafta davomida hujumchining vakillari bilan aloqada bo'lib turibdi, biroq rasmiy muzokaralar faqat Jahon chempionati yakunlanganidan keyin boshlanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Joao Pedroning narxi «Atletiko Madrid» va «Barselona» qiziqishlari doirasidagi boshqa bir hujumchi — Xulian Alvaresga qaraganda arzonroq bo'lishi mumkin. «Chelsi» o'z futbolchisini 80 milliondan 100 million evrogacha bo'lgan qiymatda baholamoqda
O'qildi: 60546 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51130 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50914 - Fikirlar: 0





298