«Barselona» Gordon transferi haqida bosh qotirmoqda

«Nyukasl» yarim himoyachisi Entoni Gordon «Barselona»ning transfer ro'yxatidan joy oldi. Diario SPORT nashrining xabariga ko'ra, Kataloniya klubi skautlari ingliz futbolchisi haqida ijobiy xulosalar berishgan. Klub allaqachon uning agentlari bilan aloqa o'rnatgan bo'lsa-da, bu transferni amalga oshirish ancha murakkab deb hisoblanmoqda.
«Nyukasl» o'z futbolchisini 90 million evroga baholamoqda. Shuningdek, futbolchini «Bavariya», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari ham kuzatib bormoqda.
«Barselona» Gordonni hujumning chap qanoti uchun asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda. Biroq, har qanday yirik moliyaviy sarf-xarajat jamoaning markaziy hujumchi borasidagi tanloviga bog'liq bo'lib turibdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38259/+8)
UzFIFA Yangiliklari (21.06.2026)
Futbol TV Yangiliklari (21.06.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1868)
Eng ko'p o'qilgan
17-Iyun
00:50
18-Iyun
15:40
20-Iyun
17:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)
342