
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoasining La Ligadagi navbatdagi chempionligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Kataloniyaliklar mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda o'z maydonida asosiy ta'qibchi — «Real Madrid»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, bosh sovrinni naqd qildi. Ushbu g'alabadan so'ng «ko'k-anorranglilar»ning madridliklar bilan oradagi farqi 14 ochkoga etdi.
«Chempionatdagi g'alaba butun mavsum davomida eng kuchli bo'lganimizni anglatadi. Bu borada hech qanday bahs bo'lishi mumkin emas. Jamoamiz Ispaniyada eng zo'ri ekanligini isbotladi. Ajoyib mavsum. Biz kelgusida ham yangi zafarlar sari intilishda davom etamiz», — dedi Pedri «el-klasiko»dan keyin bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, «Barselona» ketma-ket ikkinchi bor La Liga g'olibiga aylandi. Bu klub tarixidagi umumiy hisobda 29-chempionlik bo'ldi.
O'qildi: 147222 - Fikirlar: 0





494