
«Barselona» Madridning «Real» klubini 2:0 hisobida mag'lub etib, Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Biroq madridliklarning rasmiy telekanali uchrashuvdagi hakamlik qarorlaridan qattiq norozi bo'lmoqda.
O'yinning ikkinchi bo'limida «Barselona» himoyachisi Erik Garsiya o'z jarima maydonchasi ichida Jud Bellingemning yuziga tirsagi bilan zarba berdi. Bosh hakam va VAR tizimi ushbu vaziyatda qoida buzilishini qayd etmadi. «Real» klubi telekanali efirida ushbu holat keskin tanqid qilindi.
«Tebas ligasi, Negreyra ligasi. Bu shunchaki tsirk. Dahshatli va uyatli ish. Eng yomoni — takroriy lavhalarning yo'qligi. Agar «Real» futbolchisi qoida buzsa, vaziyatni har tomondan ko'rsatishadi. Bu erda esa translyatsiya "qo'lga olingan". Ushbu kompaniyani Tebas yollagan va ular o'zlariga kerakli yo'nalishda ishlashmoqda. Agar takror ko'rsatilmasa, demak, bu shubhali. Erik Garsiyaning tirsagini ko'rdik — bizningcha, bu penalti va chetlatish edi», — deyiladi klub telekanali bayonotida.
Mag'lubiyatdan so'ng Madrid klubi joriy mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo'ldi.
O'qildi: 147222 - Fikirlar: 0





494