Ispaniyaning "Barselona" va "Real" o'z futbolchilariga eng ko'p maosh to'laydigan sport klublari ekani ma'lum bo'ldi. Bunday tadqiqotni sportintelligence.com sayti o'tkazdi."Ko'k-anorranglilar" bir futbolchiga o'rtacha 12,8 mln dollar yillik maosh to'laydi. Jumladan, jamoa birgina Lionel Messiga soliqlarni ham qo'shib hisoblaganda 65 mln dollar to'laydi. "Real" esa bir yilda bir futbolchiga o'rtacha 11,6 mln evro to'laydi. Uchinchi pog'oanada qayd etilgan "Yuventus"ning o'rtacha maoshi 10,54 million dollarni tashkil qildi. Top-20ga, shuningdek, "PSJ" (12-o'rin) va "Man Siti" (13-o'rin) klublari kiritildi. Kuchli yigirmalikning qolgan 15ta o'rnini NBA basketbol klublari band etishgan.Ushbu reytingni hisoblashda o'yinchilarning faqat maoshlari hisoblangan. Unda futbolchi bilan shartnoma imzolashda beriladigan mukofot puli, turli bonuslar inobatga olinmagan.
24-Dekabr 2019,14:10