
«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta Madridning «Real» klubi rahbariyati tomonidan Negreyra ishi bo'yicha yaqinda bildirilgan bayonotlarga keskin munosabat bildirdi. Laporta azaliy raqibni e'tiborni o'z muammolaridan chalg'itishga urinishda aybladi.
«Negreyra ishi bilan bog'liq bo'lgan va aslida hech qanday ish ham hisoblanmaydigan bu narsalarning barchasi — yolg'on. Menimcha, «Real» ikki yil davomida hech qanday sovrin yuta olmaganliklaridan e'tiborni chalg'itish va ko'zbo'yamachilik yaratish uchungina bu haqda gapirmoqda», — deya Laportaning so'zlarini keltirmoqda «Barca Universal» nashri.
«U o'z omadsizliklarini yashirish uchun «Barselona»dan niqob sifatida foydalanmoqda. Klubimiz tegishli tartibda javob qaytarish uchun ushbu bayonotlarni atroflicha tahlil qilmoqda».





422