
«Barselona» prezidenti Joan Laportadan «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland va «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga ehtimoliy o'tishi borasida izoh berish so'raldi.
Xoland haqida
«Shunchaki maqtanish yoki ko'z-ko'z qilish uchun transferlar haqida gap bo'lishi mumkin emas. Muxlislar bizda kuchli jamoa borligini tushunib turishibdi».
Alvares haqida
«Biz hech kimni ro'yxatdan chiqarib tashlaganimiz yo'q, chunki «Barselona» eng yaxshi o'yinchilar uchun kurasha oladi. Shartlarni biz belgilaymiz», — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
«Ko'k-anorranglilar» prezidenti klub «aqldan ozgancha» qadamlar tashlamasligini va yangi xaridlar sport direktori Deku tomonidan belgilangan mezonlarga asoslanishi kerakligini ta'kidladi.





482