
Ispaniyaning "Barselona" klubi 28 yoshli argentinalik himoyachi Kristian Romero bilan shartnoma imzolash ustida ishlashni davom ettirmoqda. Insayderlarning ma'lumotiga ko'ra, futbolchining amaldagi klubi "Tottenxem" uning uchun taxminan 60 million evro talab qilmoqda.
"Barselona" mazkur kelishuvni kombinatsiyalangan variantda amalga oshirishni ko'rib chiqmoqda va Romero evaziga "Tottenxem"ga o'z futbolchilaridan birini qo'shimcha to'lov bilan taklif qilmoqchi. "Ko'k-anorranglilar"ning asosiy maqsadi — himoyachining yakuniy narxini pasaytirishdir.
Kristian Romero 2021 yilda "Atalanta"dan "Tottenxem"ga o'tganidan beri London klubida to'p suradi. Joriy mavsumda himoyachi APLda 23 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 65677 - Fikirlar: 0





407