
Niderlandiyalik 29 yoshli yarim himoyachi Frenki de Yong Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoada o'z o'rniga ega emasligidan tobora ko'proq xavotirda. Futbolchi kataloniyaliklar ustozi unga endi to'liq ishonmayotganidan qo'rqmoqda. Shu sababli, agar kelgusi mavsumda maydonda o'tkaziladigan vaqti kamayishda davom etsa, de Yong jamoadagi kelajagi haqidagi qarorini qayta ko'rib chiqishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Kuni kecha jurnalist Fabritsio Romano de Yongning yozda klubni tark etmasligi haqidagi so'zlarini keltirib o'tgan edi. Biroq insayderlarning yangi ma'lumotlari shuni ko'rsatmoqdaki, yarim himoyachi allaqachon faoliyatini davom ettirish uchun muqobil variantlarni ko'rib chiqishni boshlab yuborgan.
Frenki de Yong 2019 yilda "Ayaks"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 38 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 65677 - Fikirlar: 0





405