
«Barselona» muhim muzokaralar o'tkazish uchun o'z delegatsiyasini Londonga yubordi. Xususan, Angliyaga sport direktori Deku hamda uning yordamchilari — Boyan Krkich va Joau Amaral yo'l olgan.
Jurnalist Jerar Romeroning tasdiqlashicha, «ko'k-anorranglilar» vakillari allaqachon Londonga etib borishgan. U erda delegatsiya «Chelsi» rahbariyati bilan hujumchi Joao Pedroning ehtimoliy transferi bo'yicha uchrashuv belgilagan. Muzokaralarda braziliyalik futbolchining agentlari ham faol ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, «Barselona» hujum markazini kuchaytirish uchun ikkita asosiy variant ustida ish olib bormoqda. Birinchi nomzod — «Chelsi»dan Joao Pedro, ikkinchisi esa «Atletiko Madrid» a'zosi Xulian Alvares. Ideal stsenariyda kataloniyaliklar har ikki to'purar bilan shartnoma imzolashga umid qilishmoqda.
O'qildi: 65690 - Fikirlar: 0
373