
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Goal nashrining xabariga ko'ra, Kataloniya klubi yaqin yillar ichida ispaniyalik mutaxassisni jamoaga jalb qilishga harakat qilib ko'radi.
«Kanonirlar»ning sobiq futbolchisi Rey Parlor Arteta bilan bog'liq vaziyatni Arsen Venger davriga qiyoslamoqda. O'sha paytlarda «Real Madrid» doimiy ravishda frantsuz murabbiyini o'z tarkibiga qo'shib olishga uringan edi.
Eslatib o'tamiz, Mikel Arteta «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoani 2002 yilda tark etgan edi. Ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida «Arsenal» etti yil ichida ikki marta Angliya Superkubogi, Angliya Kubogi va joriy mavsumda Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylandi.
Shuningdek, «kanonirlar» shu hafta shanba kuni Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadilar.
O'qildi: 65690 - Fikirlar: 0
368