
Transfermarkt portali futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi. Yangi baholash natijalariga ko'ra, «Barselona» vingeri Lamin Yamal va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchilari hisoblanadi.Har ikki futbolchining transfer qiymati 200 million evro etib baholangan.Dunyo futbolidagi eng qimmat 10 nafar futbolchi:1. Lamin Yamal («Barselona») — 200 mln evro;2. Erling Xoland («Manchester Siti») — 200 mln evro;3. Kilian Mbappe («Real») — 180 mln evro;4. Pedri («Barselona») — 150 mln evro;5. Maykl Olise («Bavariya») — 150 mln evro;6. Joau Nevesh («PSJ») — 140 mln evro;7. Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ») — 140 mln evro;8. Vitinya («PSJ») — 140 mln evro;9. Vinisius Junior («Real») — 140 mln evro;10. Jud Bellingem («Real») — 140 mln evro.Qayd etish joiz, 17 yoshli Lamin Yamalning bozor qiymati so'nggi ikki yil ichida keskin o'sdi va u hozirda jahon futbolining eng qimmat o'yinchilaridan biriga aylangan.
O'qildi: 59084 - Fikirlar: 0
812