
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirib, uni kataloniyaliklar afsonasi Lionel Messi bilan taqqosladi.«Yamal boshqalardan ustun. U gol urishni biladi va maydonda jonbozlik ko'rsatadi. Balki ota-onasi unga ortiqcha bosim o'tkazayotgandir, ammo uning mahorati shubhasiz.U yangi Messiga aylanishi mumkin. U kabi futbolchilarning o'yinini tomosha qilishning o'zi bilet puliga arziydi», — dedi Kapello La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.Lamin Yamal 2023 yildan buyon «ko'k-anorranglilar» asosiy jamoasi safida to'p surmoqda. Hozirga qadar u klub tarkibida barcha musobaqalarda 151 ta uchrashuvda qatnashib, 49 ta gol va 52 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.Lionel Messi esa «Barselona» safida 2003 yildan 2021 yilgacha harakat qilgan. Argentinalik yulduz ushbu davr mobaynida 778 ta o'yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O'qildi: 59083 - Fikirlar: 0
871