
«Barselona» va «Liverpul» klublarining afsonaviy futbolchilaridan tashkil topgan jamoalar shanba kuni Seulda uchrashuv o'tkazishdi. O'yin kataloniyaliklarning 8:3 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
«Barselona» (afsonalar) — «Liverpul» (afsonalar) — 8:3 (1:1)
Gollar: Klyuyvert, 25 – 1:0; Jerard, 33 – 1:1; Rivaldo, 48 – 2:1; Nolito, 51 – 3:1; Inesta, 55 – 4:1; Nolito, 61 – 5:1; Robbi Kin, 64 – 5:2; Telo, 68 – 6:2; Nolito, 74 – 7:2; Luis Garsiya, 83 – 7:3; Telo, 85 – 8:3.
Ko'rib turganingizdek, «Barselona» afsonalari tarkibida Nolito xet-trik qayd etgan bo'lsa, Telo dublga erishdi.
Quyida jamoalar safida kimlar maydonga tushgani bilan tanishishingiz mumkin:
«Barselona» afsonalari: Karles Buskets, Abidal, Puyol, Maskerano, Alba, Serxio Buskets, Inesta, Aleish Vidal, Kuarejma, Klyuyvert, Rivaldo.
Zahiradan qo'shilganlar: Angoy (darvozabon), Deku, Nolito, Boyan, Telo, Mendeta, Valente.
«Liverpul» afsonalari: Dudek, Shkrtel, Xyuyupya, Klavan, Glen Djonson, Riise, Jerard, Luis Garsiya, Lallana, Kyoyt, Babel.
Zahiradan qo'shilganlar: Vesterveld (darvozabon), Pennant, Abel Shaver, Berger, Robbi Kin, Shmitser, Pongol.
O'qildi: 59085 - Fikirlar: 0
660