
Himoyachi Alexandro Balde, katta ehtimol bilan, «Barselona»ni tark etmaydi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi hanuzgacha kataloniyaliklar safida qolishni istamoqda.
Angliya Premer-ligasining bir qator klublari, jumladan, «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Aston Villa» futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Biroq, himoyachi «ko'k-anorranglilar» lagerini tark etish niyatida emas.
Alexandro Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «sine-granatolar» safida barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Baldening transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 59085 - Fikirlar: 0
530