
Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati — 2026 doirasidagi ilk o'yiniga tayyor bo'lishi kerak. «Barselona» vingeri shu yilning aprel oyida olgan jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda va bu jarayon yakuniy bosqichga kirdi.
AS nashrining xabar berishicha, «Barselona» Yamalning mundialdagi ilk uchrashuvdayoq maydonga qaytishiga ruxsat bergan. Biroq «ko'k-anorranglilar» bu borada shart qo'yishdi — klub futbolchining maydonga qaytishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini istamoqda: birinchi o'yinda taxminan 15 daqiqa, ikkinchi o'yinda 45-60 daqiqa va shundan keyingina to'liq o'yinlarda harakat qilish imkoniyati.
Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 15 iyun kuni Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
O'qildi: 59088 - Fikirlar: 0
559