
«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Lionel Messining etarlicha baholanmagan jihati haqida gapirdi. Argentinalik yulduz 2021 yilda Kataloniya klubini tark etgan edi va hozirgi vaqtda «Inter Mayami» safida to'p tepmoqda.
«Kamp Nou»ga borib, Messining o'yinlarini tomosha qilgan paytlarimdan juda yoqimli xotiralar qolgan. Odamlar bu jihatga unchalik e'tibor berishmaydi, ammo u o'z harakatlari bilan har bir uchrashuvda hammani o'rnidan turib ketishga majbur qilardi.
Albatta, futbolchining ko'p gol urishi va golli uzatmalar amalga oshirishi juda yaxshi, lekin Messi bundan ham qiyinroq narsaning uddasidan chiqardi: u har bir o'yinda takrorlanmas ekanligini isbotlardi. Menimcha, uning bu xislatini faqat futboldan ketganidan keyingina chin dildan qadrlay boshlashadi, vaholanki men uning faoliyatini hech qachon yakunlamasligini istardim», — deya Yamalning so'zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.
Eslatib o'tamiz, yana ikki haftadan keyin Lionel Messi 39 yoshni qarshi oladi.
O'qildi: 59101 - Fikirlar: 0
518