
Ispaniya terma jamoasi tibbiy shtabi vinger Lamin Yamalda jarohatning qayta takrorlanish xavfi yuqori ekani haqida ogohlantirdi.JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Kabo-Verdega qarshi bahsda (0:0) futbolchi maydonda 20 daqiqa harakat qildi. U 70-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan bo'lsa-da, shifokorlar unga imkon qadar kamroq o'yin vaqti berishni tavsiya qilgan.Manba ma'lumotiga ko'ra, 22 apreldan beri mushak jarohatidan to'liq tiklanmagan Yamalning yuklamasini minimal darajada ushlash bo'yicha tavsiya berilgan. Biroq o'yin davomida vaziyat taqozosi bilan futbolchi rejalashtirilganidan ko'proq vaqt maydonda qoldi. Shu sababli bosh murabbiy Luis de la Fuente shtabi va tibbiy xizmat o'rtasida doimiy maslahatlashuvlar bo'lib turgan.Qayd etilishicha, gap og'riq hissi haqida emas, balki jarohatning qayta yuz berish xavfi haqida ketmoqda.Yamal Saudiya Arabistoniga qarshi 21 iyun kuni bo'lib o'tadigan navbatdagi uchrashuvda ishtirok etish niyatida. Uning qancha vaqt maydonda harakat qilishi esa tibbiy ko'rsatmalardan kelib chiqqan holda hal etiladi.
563