
«Barselona» vingeri Lamin Yamal Lionel Messi kabi uzoq yillar yuqori darajada o'ynay olish imkoniyati haqida fikr bildirdi.— O'zingizni Messi kabi 40 yoshgacha futbol o'ynayotgan holatda tasavvur qila olasizmi?— Buni tasavvur qilish qiyin. Balki hali ham futbol o'ynayotgan bo'larman, ammo shunday yuqori darajada harakat qilish juda murakkab. Buning uchun ulkan motivatsiya va kuchli istak kerak. Men uchun Messi — eng yaxshi futbolchi. U buni hali ham isbotlab kelmoqda. Hozir ham u boshqalardan ustun ekanini ko'rsatyapti, — dedi Yamal.Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal va Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida allaqachon o'z hisoblariga gol yozdirishga muvaffaq bo'lishgan. Argentinalik yulduz Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan bo'lsa, ispaniyalik futbolchi Saudiya Arabistoni darvozasiga bitta gol urgan.
308