Ushbu haftada "Barselona" rahbariyati futbolchining vakillari bilan holatni muhokama qilish uchun muzokaralar olib bormoqchi. Robertoning klub bilan shartnomasi yozda yakunlanadi, hozircha tomonlar buni uzaytirish borasida biror qarorga kelganicha yo'q.
Dekabr oyida muzokaralar to'xtatilgandi, bunga sabab sifatida futbolchiga taklif qilinayotgan maosh pastligi ko'rsatilgandi. Serji maoshining pasayishiga rozi bo'lgan, ammo bunchalik darajada past bo'lishini kutmagandi.
Biroq Serji jamoadan ketishni istamayapti. U klub rahbarlari bilan holatni o'rganib chiqishni va klub bilan shartnomani uzaytirish variantlarini ko'rib chiqish niyatida.
Ushbu mavsumda 30 yoshli futbolchi "Barselona" tarkibida barcha turnirlarda 12 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.
20-Mart 2022,17:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0