Inesta, Vilya hamda Podolski “Tokio Olimpiya stadioni”da g'alaba qozongan ilk yulduzlar bo'lishdi

Yana bir necha oydan so'ng bo'lib o'tadigan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga mezbonlik qiluvchi “Tokio Olimpiya stadioni” o'zida dastlabki rasmiy sport musobaqasini qabul qildi. Ma'lum qilganimizdek, unda futbol bo'yicha Yaponiya Imperator kubogining final bahsi bo'lib o'tdi.

Hal qiluvchi o'yinga “Vissel Kobe” hamda “Kashima Antlers” jamoalari etib keldi. Murosasiz kechgan bahsda “Vissel Kobe” 2:0 hisobida ustun keldi. Yana bir ahamiyatli jihati, mazkur jamoa Adreas Inesta, Lukas Podolski, David Vilya va Tomas Vermalen kabi taniqli futbol yulduzlarini o'zida jamlagan. “Vissel Kobe” shu tariqa o'z tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, 68 000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan va Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun maxsus qurilgan ushbu arena qurilishiga 1.4 milliard AQSh dollari sarflangan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32252/+17)
UzFIFA Yangiliklari (08.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (08.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0
O'qildi: 125 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)