Setenning «Barselona»dagi debyut o'yinida nimalar sezildi?

"Barselona" yangi bosh murabbiyi Kike Seten o'zining debyut o'yinida "Granada"ni kichik hisobda mag'lub etdi.
Ispaniyalik mutaxassis Yoxan Kroyf va Xosep Gvardiolaning muxlisi hisoblanadi. U o'zi ishlagan jamoalarda doimo "tiki-taka" uslubini joriy qilgan. "Barsa" uning dastlabki o'yinida qanday natija qayd etganiga e'tiboringizni qaratamiz.
– Barselona 83% vaqt davomida to'pni nazorat qildi;
– Kataloniyaliklar jami 1005ta uzatmani amalga oshirishdi. Ularning 92 foizi aniq bo'ldi;
– Eng ko'p uzatmani Buskets amalga oshirdi — 142ta. Taqqoslash uchun: butun boshli "Granada" o'yin davomida bor-yo'g'i 130ta pas berdi.
– "Barsa" raqibga o'z darvozasi tomon 1ta aniq zarba berishga imkon berdi.
— "Ko'k-anorranglilar" butun maydon bo'ylab birtepar uslubdagi uzatmalar orqali to'pni nazorat qilishdi, raqibning har qanday pressingidan chiqib ketishdi. Shunday uslubdagi kombinatsiya orqali chiroyli gol urishdi.
— Ammo "Barselona" golli vaziyatlarni ko'p yaratmadi. Yaratilgan vaziyatlarning barchasi Messining tashabbusi orqali yuzaga keltirildi.
— Kike Seten 20 yoshli Riki Puchga imkoniyat berdi. Jamoa tarbiyalanuvchisi hisoblangan ushbu futbolchi ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirdi. Puch 71-daqiqada Rakitichning o'rniga zaxiradan tushdi va murabbiyning ishonchini oqladi. U raqibdan to'pni olib qo'yib, gol bilan yakunlangan hujumni boshlab berdi.
Puch maydonda harakat qilgan 20 daqiqa davomida 39ta uzatma berishga muvaffaq bo'ldi. Bu orqali u "Granada"ning har qanday futbolchisidan (36) yaxshiroq natija qayd etdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (4)
K
H
Bo'limlar
Muloqot (300/+0)
Yangiliklar (33265/+21)
UzFIFA Yangiliklari (22.05.2025)
Futbol TV Yangiliklari (22.05.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1776)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
17:30
Flik "Barselona"ga bu transferni qanday qilib bo'lmasin amalga oshirish kerakligini aytdi
O'qildi: 153 - Fikirlar: 0
O'qildi: 153 - Fikirlar: 0
20-May
07:30
16-May
20:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)