Avstaraliya bosh murabbiyi: «O'zbekiston – juda kuchli raqib»
U–23 Osiyo chempionati 3-o'rin uchun uchrashuvida Avstraliya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.
O'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida avstraliyaliklar ustozi Graham Arnold quyidagicha fikr bildirdi:
- Yigitlar chorak final hamda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan yarim final o'yinidan keyin tiklanib ulgurishdi. Jamoamiz ham ruhan, ham jismonan yaxshi holatda, deya olaman. Biz oldindagi o'yinni intiqib kutyapmiz. Musobaqaning ushbu bosqichida kuchsiz jamoa qolmagan. O'zbekiston – juda kuchli raqib.
Biz yana bittagina o'yinni yaxshi darajada o'tkazishimiz kerak. Shuning o'zi ham Olimpiada chiqish uchun etarli bo'ladi.
Biz o'yinga 2 xil uslubda tayyorlandik. To'p bizda bo'lgan holatlar uchun va yana to'psiz vaziyatlarda qanday harakatlanish bo'yicha hozirlik ko'rdik. O'zbekistonning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz jihatlaridan unumli foydalanishga urinamiz.
Men shu yoshdagi yigitlar bilan ham ishlashga rozilik berdim. Sababi ularni milliy terma jamoaga tayyorlab bormoqchiman. Biz – murabbiylar shtabi yigitlarning Olimpiadada ham qatnashishini istayapmiz. Zero ushbu musobaqa – muhimligi jihatidan Jahon chempionati darajasida, menimcha, - dedi murabbiy.
Coutinho_14
24-Yanvar 2020,15:46
24-Yanvar 2020,15:46
O'xshash yangiliklar
16:20 #Kun Tarixi
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30183/+25)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)