Toʼgʼilgan kun muborak har doim qalbimizdasiz
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
Yuklab olish
O'zbekistonni 1989 yildan beri boshqarib kelgan mamlakatning birinchi va yagona prezidenti Islom Karimov hayotda va siyosatda qanday iz qoldirdi?
KarimovREUTERS
Islom Karimov - O'zbekistonning birinchi va yagona Prezidenti - sobiq ittifoq respublikasini 1989 yildan beri boshqarib keldi. Suratda Islom Karimov va Armanistonning birinchi prezidenti Levon Ter-Petrosyan. 1991 yil dekabr.
KarimovREUTERS
1991 yil marti, SSSRni saqlab qolish bo'yicha referendumdan oldin. Karimov O'zbekiston aholisini Sovet Ittifoqi tarkibida qolish uchun ovoz berishga targ'ib qildi. 93 foizdan ortiq saylovchi Karimovning fikrini quvvatladi. Biroq bir necha oydan keyin, 1991 yil avgustida, GKChPdan 10 kun o'tib, Karimov Markaziy Osiyo rahbarlari ichida birinchi bo'lib o'zining respublikasi mustaqilligini e'lon qildi. Suratda Qirg'iziston, O'zbekiston va Qozog'iston respublikalari prezidentlari Asqar Akaev, Islom Karimov va Nursulton Nazarboev Qozog'istonning Kokchetav shahrida. 1993 yil avgust.
KarimovAP
1998 yil may oyida Moskvaga safari vaqti Islom Karimov sobiq sho'ro mamlakatlari rahbarlari ichida birinchi bo'lib Rossiya prezidenti Boris Yeltsinga uchinchi muddatga borishni taklif qildi. Yeltsin keyinchalik bu maslahatga amal qilmadi. Suratda Boris Yeltsin va Islom Karimov. 1998 yil oktyabr, Toshkent.
KarimovREUTERS
Islom Karimovning mintaqadagi boshqa eng uzoq muddatli rahbar Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboev bilan munosabatlari uncha ham silliq bo'lmagan. Ular uzoq vaqt mintaqada etakchilikni qo'lga olish uchun kurash olib borgan, deb qaraladi. Bu kurashda Karimov eng birinchi navbatda O'zbek iqtisodining abgor holati bilan engildi. Karimov va Nazarboev Qozog'istondagi "Chimbuloq" kurortida. 2001 yil yanvari.
KarimovREUTERS
O'zbekiston Konstitutsiyasi bir kishi ikki muddatdan ortiq prezident bo'lishiga imkon bermasa ham, Karimov mamlakatni 25 yil uzluksiz boshqardi. Bunga referendumlar orqasidan erishildi. Prezident muddati bir necha marta uzaytirildi. Sochida MDH davlatlarining norasmiy uchrashuvi payti. Bu rahbarlarning faqat ikkitasi - Putin va Nazarboev hozir qudratda qoldi.Suratda chapdan o'ngga: Nursulton Nazarboev, Leonid Kuchma, Islom Karimov, Vladimir Voronin, Vladimir Putin, Asqar Akaev.
KarimovAP
Islom Karimov tashqi siyosatda turli qudrat kuchlari orasida mahoratini ko'rsatdi. 1994 yilda O'zbekiston MDH davlatlari Kollektiv xavfsizlik sharnomasi tashkilotiga kirdi, biroq 1999 yilda undan chiqib ketdi. 2001 yilda O'zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'ldi va o'sha yilning o'zida AQShga o'zining hududida harbiy baza ochishga ijozat berib, NATOning Afg'onistondagi amaliyotlarini quvvatladi. AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld va Islom Karimov. 2001 yilda Karimov Xonobod bazasidan AQShga Afg'onistondagi harbiy amaliyotlarida foydalanishiga ruxsat bergan.
KarimovREUTERS
O'zbekiston prezidentining rafiqasi Tatyana Akbarovna haqida ko'p narsa ma'lum emas. Aytilishicha, Karimovning ikkinchi oilasi bo'lgan Tatyana Akbarovna nafaqaga chiqquniga qadar O'zbekiston Fanlar Akkademiyasining Ekonomika institutida katta ilmiy xodim bo'lim ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi. Suratda er-xotin Hindistonga rasmiy safar paytida. 2011 yil may.
GulnoraREUTERS
Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova bir qancha muddat otasining ehtimoliy merosxo'ri deb qaralgan. TeliaSonera shirkatiga bog'liq tergov ishlari orqasidan uy qamog'iga olingan. 2014 yilda O'zbekiston Prokuraturasi uni davlatdan 65 million dollarni o'margan jinoiy guruhga aloqadorlikda ayblagan. Hozirda Gulnora Karimovaning qaerdaligi noma'lum. U otasining dafn marosimida ham qatnashmagan.
KarimovREUTERS
Islom Karimov "Sharq taronalari" festivalida 2015 yil avgust, Samarqand. Registon maydoni.
KarimovREUTERS
Tabiiy resurslarga boy O'zbekiston neft va gaz eksport qiladi, paxta yetishtirish bo'yicha dunyoning yirik beshtaligiga kiradi. Oltin zahiralari bo'yicha mamlakat dunyoda to'rtinchi o'rinda, uni qazib chiqarish bo'yicha to'qqizinchi hisoblanadi. Biroq Karimov davrida biznes yurg'izish sharoiti o'ta og'irlashdi. Xalqaro Transparency International nodavlat tashkilotining har yili chop etadigan hisobotiga ko'ra, O'zbekiston korruptsiya darajasi bo'yicha dunyoda 150 o'rinda. Aholining mehnatga layoqatli qismining 10 foizi xorijda, asosan Rossiya va Qozog'istonda mehnat muhojirligida. Suratda Islom Karimov. 2015 yil, noyabr.
KarimovAP
Toshkentdagi pannolardan birida Karimov va bolalar aks etgan. "Bizning farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli va aqlli bo'lishlari kerak. Va ular baxtli boʼlishlari lozimʼʼ

Davlatbek
30-Yanvar 2020,19:01
30-Yanvar 2020,19:01
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (4)
S
SIROJ_bek_97 [41] [off] 19:29, 30-Jan
oxiratingiz omon boʻlsin ! Nomingiz oʻlsak ham xotiramizdan chiqmaydi XALQ OTASI I. A. Karimov !
Javob

Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30188/+14)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)