«Braga» klubi hujumchisi Fransishku Trinkau kelajakda «Barselona» o'yinchisiga aylanishi mumkin.«Ko'k-anorranglilar» futbolchining transferini yozda sotib olish huquqini qo'lga kiritdi. "Barsa" hujumchisi Abel Ruisning "Braga"ga o'tishi borasida muzokara chog'ida Trinkauning ham transferi hal qilindi. Fransishkuga «Yuventus» ham qiziqish bildirayotgan edi. Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashuv o'tkazgan edi.«Braga» Trinkauning transferi uchun 20 million evro olishni istagan edi. «Yuventus» esa avval uni ijaraga olib, keyin hujumchini 15 million evroga sotib olish taklifini bergan edi.Matbuotda Trinkauni «yangi Krishtianu» deb atashmoqda. Uning tashqi ko'rinishi Ronalduga o'xshaydi. Futbolchi 2018 yilda bo'lib o'tgan EURO U19 musobaqasida 5ta gol urgan edi.
30-Yanvar 2020,22:10
koʻtlar bitta markaziy hujumchi obkelinglar endi iltimos
Javob