«Barselona» klubi Xitoyning «Beytszing Goan» hujumchisi Sedrik Bakambuni ijaraga olishni rejalashtirgan edi. Luis Suares jarohat olib uzoq vaqtga safdan chiqqani bois kataloniyaliklar kongolik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin."Barsa" sport direktori Erik Abidal futbolchining agenti bilan kelishuvga erishib, Xitoy klubi rahbariyati ham ushbu transferga rozilik berganidan so'ng Bakambu Ispaniya tomon yo'lga chiqqan edi. Sedrik Seulda tayyorgarlik ko'rayotgan «Beytszing Goan» safidan Gonkong tomon uchdi va u erdan boshqa samolyotga o'tirib, Ispaniyaga yo'l olishi kerak edi. Ammo Abidal futbolchiga qo'ng'iroq qilib, "Barselona" u bilan shartnoma imzolash fikridan qaytganini ma'lum qildi. Natijada Bakambu o'z jamoasi ixtiyoriga qaytishga majbur bo'ldi.Bakambuning o'zi ushbu ma'lumotni tasdiqlab, Tvitter orqali quyidagi hazilomuz xabar qoldirdi:«Ey, Transfermarkt, mening transferlarim tarixiga «Deyarli «Barselona», deb yozib qo'y, iltimos. Nimaiki yuz bersa, barchasi yaxshilikka. Barchasi uchun Xudoga shukr. Kelasi safar ko'rishamiz, Antuan Grizmann».
31-Yanvar 2020,08:10