«Kuritiba» klubi himoyachisi Yan Kouto «Barselona»ga emas, «Manchester Siti»ga o'tadigan bo'ldi.Avvalroq kataloniyaliklar 17 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 5 million evro taklif qilib, ushbu transferni deyarli hal qilib qo'ygan edi. Ammo «Man Siti» ko'proq taklif berib, Koutoni qo'lga kiritdi. Chorshanba kuni o'yinchi va uning agenti Manchesterga tashrif buyurib, transferni rasmiylashtirishdi. «Shaharliklar» Yan uchun 9 million evro to'lashadi va yana 6 million evro bonus nazarda tutiladi.Kouto iyun oyigacha — u 18 yoshga to'lgunga qadar «Kuritiba» safida qoladi. Kouto noyabr oyida Braziliya o'smirlar terma jamoasi safida jahon chempionatida g'olib chiqqan edi.Ma'lumot uchun, futbolchini Braziliyada “yangi Dani Alvesh” deya e'tirof etishmoqda.
31-Yanvar 2020,08:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0