Ispaniya kubogi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Leganes»ga qarshi o'yin (5:0) «Barselona» hujumchisi Lionel Messi uchun "ko'k-anorranglilar" safidagi 500-g'alaba bo'ldi. Bu uchrashuvda aregntinalik futbolchi "dubl"ga erishdi.Messi ispan jamoalari safida barcha musobaqalar doirasida 500ta g'alabaga erishgan ilk futbolchiga aylandi. U «Barsa» safida 710ta o'yinda maydonga tushib, 622ta gol urgan.Ispan klublari safida g'alabali o'yinlar soni bo'yicha keyingi o'rinlarni quyidagi futbolchilar egallab turibdi: Xavi (482 g'alaba), Iker Kasilyas (463), Andres Inesta (459), Andoni Subisarreta (444) va Serxio Ramos (439).Shuningdek, kechagi gollar evaziga Lionelning «Barselona» safida Ispaniyadagi musobaqalar — La liga, Ispaniya kubogi va mamlakat superkubogi doirasida urgan gollari soni 500taga etdi.
31-Yanvar 2020,09:50