Barselonada vaziyat biroz notinch va bu sekin asta yuzaga chiqmoqda. Odatda va ijtimoiy tarmoqlarda kamgap, kampost, kamtar Lionel yorildi. Instagram storis orqali klub sport direktori Erik Abidalga tanbex berdi.
Voqea Abidal tomonidan aytilgan mana bu gapdan so'ng boshlandi:
“Ko'p futbolchilar Valverde ishidan norozi edi. Real bilan o'yindan so'ng biz uni bo'shatish bo'yicha ish boshladik”.
Messi o'z storisida yozma ravishda bunga javob qaytardi:
“To'g'risi menga bunday bayonotlar qilish yoqmaydi, lekin shaxsiy fikrimcha, hamma o'z vazifasi uchun javobgar bo'lishi kerak deb o'ylayman. O'yinchilar muammoni birinchi bo'lib his etishadi, chunki biz klub ichidagi hamma voqeani bilamiz. Rahbariyat o'z qarorlari uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak. Agar futbolchilarni tilga olishsa, u holda konkret familiyasi bilan aytishsin. Aks holda butun klub obro'si zarar ko'radi”.
Qisqacha mazmuni shuki, rahbarlar bo'shatdimi o'zi javob bersin, o'yinchilarga to'nkamasdan. Va jamoaning ichki jarayonlariga aralashmay o'z ishini qilsin. Men shunday tushundim. Abidal bilan to'g'ri gaplashish imkoni bo'lgan Messi buni internet orqali amalga oshirishi yaxshi signal emas.
5-Fevral 2020,16:50
Konkret javob beriptiyu Messi, abidal qanaqa xolatda ekana?
Javob