Futbol orqali dunyoni anglashga intilayotgan Bundesliganing g'alati murabbiyi
Kristian SHtrayx – Bundesligadagi eng g'ayrioddiy va uncha mashhur bo'lmagan murabbiy.
Uni quyidagi 3ta sabablarga ko'ra olishingiz mumkin:
1. Sadoqat. SHtrayx "Frayburg" klubida 1995 yildan buyon faoliyat yuritadi: yoshlar jamoasini boshqargan, keyinroq bosh murabbiy assistenti bo'lgan. 2011 yildan beri esa jamoa nazoratini o'z qo'liga olib, futbolchilarga ustozlik qilmoqda;
2. Natijalar. 2011/12 yilgi mavsumda klub chempionatdagi maqomini saqlab qoldi, kelasi yil esa Evropa Ligasiga chiqishga muvaffaq bo'ldi (5-o'rinni egalladi va nemis futbolidagi eng yaxshi murabbiy mukofotini qo'lga kiritdi) va Germaniya Kubogi yarim finaliga chiqdi.
3. Moslashish qobiliyati. SHtrayx yoshlarni tarbiyalaydi va "Frayburg" so'nib qolishiga yo'l qo'ymaydi.
U vatanparvar, kuchli va hurmatga loyiq inson.
Eng muhimi — hayotdagi o'rni: SHtrayx futbol orqali dunyoni anglamoqda va buni jamoagaham o'rgatmoqda
SHtrayx uchun futbol – katta falsafadir: "Futbol – bu shunchaki futbol emas. U odamlar orasidagi maxsus aloqa. Misol uchun, bolalar jamoasini olaylik: bir bolakay Senegaldan, boshqasi esa shveycariyalik, ammo hammasi 11-12 yoshda. Agar bahsdan keyin ulardan kim yaxshiroq o'ynadi deb so'rasangiz, senegallik bola: "shveycariyalik" deydi, SHveycariyadan kelgan o'yinchining javobi quyidagicha bo'lishiga shubha yo'q: "senegallik futbolchi himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi". Bu yashash uchun sabablardan biri desam, adashmayman.
Men ryukzakim bilan ko'p sayohat qilganman va Marokash, Hindiston va Indoneziyada alpinistlik bilan shug'ullanganman. U erdagi plyajlarda futbol ham o'ynaganman. SHundan so'ng, qarshimdagi berk eshiklar birin-ketin ochila boshladi. Biz u erdagilar bilan nafaqat birgalikda futbol o'ynadik, balki tabassum qilib, til topisha oldik. Biz barchamiz teng edik".
SHtrayxni Bundesliganing vijdoni deb atashadi. Bu obrazni o'zi yaratgan. Matbuot anjumanida SHtrayx Germaniyadagi qochoqlar haqida ochiq gapirgan, inson huquqlari to'g'risida fikr bildirib, nemis klublarini har qanday irqchilik va diskriminaciya kabi illatlarga qarshi tura olishga chaqirgan. Frayburg gazetasi "Badische Zeitung" u uchun yangi rukn ochgan: "Streich der Woche" [nemis tilidan – "SHtrayx haftasi"]. Ruknda murabbiyning turli mavzuga oid fikrlari chop etilardi: stadiondagi ayollar, Rim Papasi va nemis grammatikasi kabilar.
SHtrayx futbolchilarning imijiga umuman ahamiyat bermaydi — ularni faqat shug'ullantirish bilan chegaralanmay, o'yinchilar shaxs sifatida shakllanishida ularga ko'maklashadi. Aynan shuning uchun, "Frayburg" kiyinish xonasida turli mavzudagi suhbatlar va siyotga bog'liq ishlar muhokamisini eshitish odatiy holga aylangan. Hujumchi Nils Petersen 2017 yilda takidlab o'tgan: "Biz nafaqat jamoa tarkibini, balki Donald Tramp va Redjep Erdoganga oid masalalar xususida suhbatlashamiz. Jamoamizda bitta amerikalik va 2ta turkiyalik o'yinchi bor. Murabbiy esa ularning fikrini bilishga qiziqadi. Balki ustoz "AfD" bo'yicha [o'ng nemis partiyasi] mening fikrimni bilishni ham istab qolar... CHunki ushbu partiya eng ko'p ovoz to'pladi.
SHtrayx "Frayburg" akademiyasida 13 yil ishladi va muhim usulni joriy etdi: har qanday chet ellik futbolchi qabul qilinishi va tizimga qo'shilishi kerak. Klubda 40ta xodim ishlaydi, ular o'yinchilar jamoaga moslasha olishi borasida ish yuritadi. "Frayburg" tarkibi – xalqaro aralashmadir: evropaliklardan tashqari, koreyalik, amerikalik va avstraliyalik o'yinchilar, ikkinchi jamoada esa qozog'istonlik futbolchi bor.
SHtrayx akademiyada bolalarga o'rgatgan uchta asosiy princip yordamida ish olib boradi – jismoniy tayyorgarlik, etiborlilik va hurmat. Hujumchi Vinchenco Grifo tushuntiradi: "SHtrayx – ota timsoli. "Frayburg"da siz endigina 20 yoshga qadam qo'ygan bo'lsangiz ham boringizni berishga tayyor turishingiz kerak. Natijada o'zimizni xuddi raqiblardan 10 km ko'proq yugurgandek his qilamiz. Keyin esa SHtrayx burchakdan chiqib keladi va so'raydi: "Vins, italiyanlar Rojdestvoni qanday nishonlaydi?" Bu bilan nima demoqchiman: u o'yinchilarda ham yurak borligini unutib qo'ymaydi".
SHtrayx ekologiya haqida qayg'uradi va o'yinchilarga sifatli go'sht sotib olishlarini maslahat beradi. Eng etiborli jihati, bahslarga velosipedda boradi
SHtrayx har bir uy o'yinlari vaqtida yoki "Frayburg"ning mashg'ulot bazasiga mashinada emas, velosipedda boradi. Bunga quyidagilar asosli sabab bo'la oladi:
1) stadiondan 300 metr uzoqlikda yashaydi;
2) sog'lig'i va ekologiya uchun qattiq qayg'uradi. U yashaydigan shaharni Germaniyaning ekologik poytaxti deb atashadi. "Frayburg" esa stadion tomiga yoritgichlar o'rnatgan ilk nemis klubi sanaladi.
SHtrayx to'g'ri ovqatlanish va tabiat-atrofni muhofaza qilish borasida o'yinchilarga maslahat beradi. Masalan, ularga sifatli go'shtni qanday ajratib olish mumkinligini o'rgatadi: "Biz doimo ularga yaqin bo'lganmagazinlardan go'sht sotib olishlarini aytamiz. Futbolchilar sifatli va yangi go'sht olishlari uchun pullari etadi. Ovqat uchun pul topish muammo bo'lmasligi kerak". SHtrayx go'shtni yaxshi ajrata oladi. U bolaligida otasining go'sht do'konida ishlagan va o'sha erda faol va insonlar bilan ochiq muomalali bo'lishga o'rgangan.
SHtrayx – nemis tili va tarix fanlari o'qituvchisi (yana 3ta til biladi). U barchaga birdek tushunarli bo'lishi uchun Baden lahjasida so'zlaydi
SHtrayx Germaniyaning janubi-g'arbida joylashgan Vayl-na-Reyne shaharchasida dunyoga kelgan. U Baden lahjasida gapiradi. Til orqali kimligini anglaydi va boshqalarni tushunishga harakat qiladi: "Bu o'zini marketing qilish vositasi emas, balki tushunish uchun eng amaliy va to'g'ri yo'l. SHu yo'l bilan siz qaerdan ekanimni osongina bilib olasiz. Qolaversa, hamma so'zlarimni tushunishadi".
SHtrayx ingliz tilida gaplasha oladi, francuz va ispan tillarini ham biladi. Bundan tashqari, sayohat qilishni juda ham yaxshi ko'radi: "Boshqa mamlakatlarda boshqacha bo'lib qolaman: ko'rnishim, hidim, kulishim va hattoki yig'lashim ham o'zgacha". U maktabni tamomlaganidan keyin nemis tili, adabiyot va tarixni o'rgandi va o'qituvchi dimlomiga ega bo'ldi.
SHtrayx ko'p gapirishiga qaramay, etibor markazida bo'lishni istamaydi. "Frayburg"dagi besh yillik faoliyati munosabati bilan uyushtirilgan intervyuda savollarga javob berishni istamay, mashg'ulotga ketib qolgandi: "Agar murabbiylik faoliyatimni yakunlasam, 8 haftadan keyin odamlar "SHtrayxni nima deb chaqirishardi? Yoaxim SHtrayx?" deydi. Oradan 4 oy o'tib esa: "Bir paytlar "Frayburg"ning g'alati murabbiyi bo'lardi. Mashg'ulotlarga velosipedda qatnar edi", — deb yodga olishadi xolos.

Stephan_El_Shaarawy
19-Oktyabr 2019,15:09
19-Oktyabr 2019,15:09
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30192/+11)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
16-Noyabr
23:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)