Kataloniyaning «Barselona» klubi direktori Gilermo Amorning fikricha, klub Ispaniya Qirollik Federatsiyasidan transfer oynasi yopiq darvda futbolchi sotib olish bo'yicha ruxsat olish kerakligini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» klubi hujumchilari Luis Suares va Usmon Dembelelar jarohat olganligi sababli, klub yangi hujumchi sotib olish bo'yicha so'rov yuborgan.
«Gap-so'z ko'p, biroq federatsiya hali bizga hali ijobiy javob qaytarmadi. Hozircha rasmiy javob bo'lmadi. Agar ushbu javobni oladigan bo'lsak, klubi kerakli qarorni qabul qiladi. Avval biz ruxsatni kutishimiz kerak. Ammo «Barselona» bu vaziyat borasida ko'p ishlarni amalga oshirmoqda. Biz jamoa o'yinini kuchaytirish uchun har kuni katta mehnat qilyapmiz, tahlil qilyapmiz. Vaqt kelganda klub uchun to'g'ri qarorni qabul qilamiz», - Amorning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es sayti.
16-Fevral 2020,12:00