"Barselona" klubi "I3 Ventures" kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Ushbu kompaniya ijtimoiy tarmoqlar orqali klub prezidenti Jozep Bartomeuni qo'llab-quvvatlab, jamoa sardori Lionel Messini tanqid qildi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, hamkorlikni bekor qilish borasida qaror qabul qilingan. Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" Tvitter va Feysbukda ko'plab sahifaga ega bo'lgan "i3 Ventures"ga bir million evro miqdori pul to'lagan edi. Bu orqali klub prezidenti o'z obro'sini yaxshilashni maqsad qilgan edi. Messidan tashqari, Jerar Pike, Xosep Gvardiola, Xavi va Karles Puyol tanqidga uchragan. Keyinchalik esa Messini tanqid qilgan akkauntlar aynan "I3 Ventures"ga tegishli ekani o'z isbotini topgan edi.
18-Fevral 2020,19:20
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0