Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati so'nggi paytlardagi vaziyatni muhokama qilish uchun tezlik bilan yig'ilish o'tkazmoqchi deya xabar bermoqda Sport.es.
Manbaning aytishicha, yig'ilishda klub prezinetdi Xosep Mariya Bartomeu, klubning to'rtta vitse-prezident, direktorlar kengashi kotibi va klub bosh direktori ishtirok etadi.
Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuv 28 fevral kuni bo'lib o'tishi kerak edi.
Ushbu yig'ilish mobaynida so'nggi paytlarda klub haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabar ko'rib chiqiladi. Avvalroq, "Barselona" klubi rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda kataloniyalik futbolchilarni tanqid qilish uchun I3 Ventures kompaniyasidan foydalangani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Bundan tashqari, "Barselona" "Leganes" hujumchisi Martin Braytvaytning transferining rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
19-Fevral 2020,18:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0