Kataloniyaning "Barselona" va Gollandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yongdan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Men «Barselona» murabbiy emasman, lekin, mening o'ylashimcha, Ivan Rakitich va Arturlar bir vaqtning o'zida de Yong bilan o'ynatsa bo'ladi. «Barsa» markaziy himoyachilar duetini Frenkini o'sha nuqtaga qo'yib kuchaytirishi mumkin.
Uni 22 yoshda ekanligini inobatga olib, xorijiy chempionatda ishtirok etayotgani hisobga olsak, u yaxshi ishlamoqda. «Barselona» u uchun katta mablag' sarfladi, bu esa yanada qo'shimcha bosim yuklaydi.
Frenki o'ziga to'langan narxch uchun o'ynaydi, men bunga aminman. Valverde uni tarkibda ko'rishni istadi, endi esa boshqa murabbiy ishlamoqda. Bu murabbiy o'ynatadimi yoki yo'qmi, bilmayman, chunki uni Seten sotib olgan emas.
U o'zining pozitsiyasida o'ynamayapti. «Ayaks»da hamma uni izlardi, u o'yin markazida bo'lardi, «Barselona»da esa bunday emas. Buning farqi juda katta» dedi Van Gaal.
3-Mart 2020,17:00