"Footy Headlines" orqali e'lon qilinishicha, bu yil sentyabr oyida "Nike" tomonidan chiqariladigan Kataloniya klubi liboslari tarixida birinchi marta to'q pushti rangga bo'ladi.
Rasmiy ravishda "pushti nur" deb nomlanuvchi futbolka "Nike"ning qora logotipi va klubning qora va zangori rangli logosi bilan hamohang tarzda ko'ylakning yenglari va yoqalari bilan birgalikda taqdim etiladi.
Ta'kidlanganidek, "Barsa" yillar davomida ko'plab pushti ko'ylaklardan foydalangan. Masalan, 2018-19 yilgi mavsumning uchinchi tanlovi, 2018-yil noyabr oyida "Chempionlar ligasi"da "Inter"ga qarshi o'yinda ilk bor foydalanilgan forma ham pushti edi. Lekin hozirgacha kiyilgan formalar butunlay emas, balki to'q-sariq rang bilan dizaynlashtirilgan forma edi.
Shuningdek, "Footy Headlines" polo-ko'ylaklar va sportivkalarning yuqori qismini chiziqli-to'lqin dizayn bilan ochiqlagan. Bu dizayn "Nike" kompaniyasining "Air Max" tennis poyafzalidan ilhomlanib yaratilgan va butun dunyo bo'ylab sotilishi kutilayotgan uchinchi to'plamning bir qismidir.
Aniqroq aytadigan bo'lsak, ushbu forma o'z uslubini "Nike Air Max 98 Tidal Wave" na'munasidan olgan.
6-Mart 2020,20:45