Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Barselona» va «Napoli» o'rtasidagi javob o'yini bekor qilinishi mumkin. "Diario Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, Ispaniya hukumati "Roma"ga nisbatan qo'ygan talabni "Napoli"ga nisbatan ham qo'llashi mumkin. Ya'ni, "bo'rilar" samolyotiga ham Kataloniyaga qo'nishiga ruxsat berilmadi.Ammo «Napoli» klubi «Barsa» bilan o'yinga etib kelish uchun boshqa variantlarni qidirmoqda. Masalan, italiyaliklar Frantsiya orqali o'yinga etib kelishi mumkin. Biroq «Roma» ham shunday uslubni qo'llab ko'rmoqchi bo'lgandi. Andalusiyaliklar Portugaliya orqali "Sevilya" bilan o'yinga tashrif buyurishmoqchi bo'lishgandi. Ammo Portugaliya hukumati ham rimliklar samolyotining qo'nishiga ruxsat bermadi.Shu bois, «Barselona» – «Napoli» uchrashuvi belgilangan vaqtda (18 mart) o'tkazilmasligi mumkin. Avvalroq bu o'yin bo'sh stadionda o'tkazilishi haqida qaror qabul qilingandi.
11-Mart 2020,22:30