La liganing ushbu mavsumi to'xtatib qo'yilsa, Ispaniya chempionati reglamentida qaysi jamoa chempionlikni qo'lga kiritishi belgilab qo'yilgan. Mavsumning 2/3 qismi o'tkazilgan bo'lsa, mavsum to'laqonli o'tkazilgan hisoblanadi. Hozirda 27ta turi, ya'ni 71 foizi bo'lib o'tgan. Reglamentga ko'ra, bunday holatda chempionlikni aniqlash mas'uliyati La liga ixtiyorida qoladi. Chempionat to'xtatilgan vaziyatda qaysi jamoa peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, o'sha klub chempion sifatida tan olinadi. Lekin Liga o'z qarori borasida Ispaniya futbol federatsiyasi roziligini olish kerak bo'ladi. Hozirda Ispaniya chempionatida «Barselona» 58 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, «Real» undan 2 ochko ortda qolmoqda. Eslatib o'tamiz, La liganing navbatdagi 2ta tur o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilishi haqida qaror qabul qilingan.
12-Mart 2020,15:20