Xayrulla Hamidov maqolasi:"Karonavirus va futbol"
Yuklab olish
“Muqaddas zamin” filmida Salohiddin Ayubiydan: - Quddus siz uchun nima? – deb so'ralganida, zo'r javob bergan: “Quddus men uchun hamma narsa... va shu bilan birga “hech narsa”.
Bugungi koronavirus va futbol masalasida ham shu javobni keltirgan bo'lardim. Faqat teskari variantda.
Futbolni o'ta yuqori darajaga chiqarib yuborganimiz, yaxshi ko'rganimiz boisidan uning qoldirilishi, rejalari buzilishini tasavvur qilmagan ekanmiz. Italiya A seriyasi rahbarlari mamlakatda bu virus keng suratda rivoj olayotganda, o'yinlar baribir o'tishini, hech bo'lmasa muxlislarsiz o'tishini ta'kidlashgandi. Vaziyat og'irlashgach, ularning o'zlari hukumat rahbarlariga A seriyani vaqtincha to'xtatib turishni iltimos qilishdi. Hozirda Angliyada shunaqaroq vaziyat.Virus shiddatli tarzda tahdid solayotganda, shaharlar bo'shab qolayotgan lahzalarda futbolning asl darajasi yuzaga kelgandek. U jamiyatning nechanchidir o'nligiga ham kirmasligini, usiz hayot to'xtab qolmasligini anglab etdik. Futbolchilarning o'zlari ham qo'rqib ketishdi. Italiya klublari samolyoti Ispaniya zaminiga qo'nmasin, deb so'ragan ham futbol ahli bo'ladi. O'rtaga inson joni qo'yilgan vaqtda futbol tugul boshqa narsalarni ham yig'ishtirib turish lozimligi tasdiqlandi.
Shu bilan birgalikda, yaqinda nasib qilsa virusga davo topiladi, kunlar isib ketsa, Xudo xohlasa, maskalar echiladi, karantinlar tugaydi. Shunda hamma o'z sevgan ishiga qaytadi. Biz, muxlislar, futbolchilar, umuman dunyo ahli futbolga qaytadi. Va bilasizmi shunda nima bo'ladi?Sog'inch yoshlaridan unib chiqqan maysalar ustida charm to'p tepilishi bilanoq ko'zlarimiz yana yoshlanadi. Asir ozodlikni sog'inib, uning bag'riga o'zini otgan misol stadionga oshiqamiz, Futbol tv orqali Evropa futbolini tomosha qilishni boshlaymiz va birdan FUTBOL – HAMMA NARSA EKANLIGINI anglab qolamiz.
Ozgina sabr, o'rtoqlar! Nasib qilsa, ozgina qoldi. Hammasi yaxshilik bilan tugaydi. Bu balo avvalo yurtimizni chetlab o'tsin, jahon ahlini daf etsin va futbolni bizga qaytarsin. “Hech narsa”ni “hamma narsamiz”ga aylantirsin.
Maqola so'nggidagi xulosa: Koronavirus bizga ikki masalani tushuntirib qo'ydi: Inson hayoti o'ta muhim va futbol aslida biz o'ylagan darajadan yuqoridagi sport turi ekan.
Xayrulla HAMIDOV
Manba:stadion.uz

BerGKamp[nou]
13-Mart 2020,21:07
13-Mart 2020,21:07
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+18)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)